MBFITI XODIMLARI “UMUMMILLIY AI HACKATHON”DA ISHTIROK ETMOQDA

Yangiliklar Avgust 11, 2026
MBFITI XODIMLARI “UMUMMILLIY AI HACKATHON”DA ISHTIROK ETMOQDA

MBFITI XODIMLARI “UMUMMILLIY AI HACKATHON”DA ISHTIROK ETMOQDA

Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt yo‘nalishidagi yirik tadbirlardan biri — “Umummilliy AI Hackathon”da faol ishtirok etmoqda.

Institutning ilmiy xodimlari Jo‘rayeva Mushtariybegim A’zambek qizi hamda Mirzabdullayeva Nadirabegim Sherali qizi mazkur tadbirda ishtirok etib, sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalar bo‘yicha o‘z bilim va tajribalarini namoyish etmoqda.

Tadbir doirasida ishtirokchilar zamonaviy texnologiyalar asosida yangi g‘oyalar va amaliy yechimlar ishlab chiqish, tajriba almashish hamda innovatsion loyihalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.