YONSEI UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK: ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

Yangiliklar Avgust 25, 2026
YONSEI UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK: ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

YONSEI UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK: ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

⠀Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Fan, ta’lim va innovatsiyalar bo‘limi boshlig‘i Marat Mamurov hamda Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti direktori Dr. Shavkatjon Azizov boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaning nufuzli Yonsei universiteti Farmatsiya fakultetiga tashrif buyurdi.

⠀Tashrif davomida delegatsiya universitetning In vivo tajribalar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Markazda yangi dori vositalari va farmatsevtik preparatlarning samaradorligi hamda xavfsizligini baholashga qaratilgan zamonaviy preklinik tadqiqotlar, ilg‘or ilmiy yondashuvlar va xalqaro standartlar asosida olib borilayotgan tajribalar yuzasidan fikr almashildi.

⠀Uchrashuvda farmatsevtika va biofarmatsevtika sohalarida ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni rivojlantirish, mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy tajriba almashish hamda qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

⠀Uchrashuv yakunida Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti va Yonsei universiteti Farmatsiya fakulteti o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

⠀Mazkur kelishuv O‘zbekistonda zamonaviy biofarmatsevtika va preklinik tadqiqotlar salohiyatini yanada rivojlantirish, xalqaro ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

⠀MBFITI AXBOROT XIZMATI

| Websayt |  Instagram |Telegram

| Facebook | Youtube | Linkedin |