MBFITI VAKILI AQSHDA XALQARO SIMPOZIUMDA ISHTIROK ETMOQDA

Yangiliklar Avgust 13, 2026
MBFITI VAKILI AQSHDA XALQARO SIMPOZIUMDA ISHTIROK ETMOQDA

MBFITI VAKILI AQSHDA XALQARO SIMPOZIUMDA ISHTIROK ETMOQDA

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti vakili Shohid Gulyamov AQShning Nyu-Jersi shtati, Nyu-Brunsvik shahrida Tecniplast kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan VISTA 2 xalqaro simpoziumida ishtirok etmoqda.

VISTA 2 zamonaviy vivariy texnologiyalari, laboratoriya hayvonlari bilan ishlashning ilg‘or yondashuvlari, in vivo tadqiqotlar hamda preklinik izlanishlarning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy platforma hisoblanadi.

Simpozium doirasida ishtirokchilar zamonaviy preklinik tadqiqot infratuzilmasi, vivariylarni boshqarishning ilg‘or texnologiyalari va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion yechimlar bilan yaqindan tanishmoqda.

Tashrif doirasida Shohid Gulyamov Nyu-Brunsvik shahrida joylashgan HELIX (Health + Life Science Exchange) innovatsion markaziga ham tashrif buyurdi. Mazkur majmuada Rutgers universitetining Robert Wood Johnson tibbiyot kolleji, zamonaviy in vivo tadqiqot laboratoriyalari hamda New Jersey Innovation Hub kabi ilmiy va innovatsion tuzilmalar faoliyat yuritadi.

Mazkur xalqaro tashrif MBFITIning xorijiy ilmiy tajribalarni o‘rganishi, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishi va preklinik tadqiqotlar yo‘nalishida zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga joriy etishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.