XALQARO NASHRLARGA YO‘L OCHILDI
Tibbiyot va farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi hamda Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti (MBFITI) va Web of Science xalqaro ma’lumotlar bazasining Oʻzbekistondagi vakili Abdumuminova Diana Temurlanovna bilan hamkorlikda “Web of Science bo‘yicha maxsus seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida Web of Science platformasining imkoniyatlari, xalqaro nufuzli jurnallarni tanlash mezonlari, ilmiy maqolalarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash, muallif profillarini rivojlantirish hamda ilmiy tadqiqotlarning xalqaro ko‘rinuvchanligini oshirish masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob oldilar. Seminar so‘ngida ma’ruzachi Abdumuminova Diana Temurlanovnaga sertifikat tantanali ravishda topshirildi.