ILMIY MAQOLA ENDI MUAMMO EMAS
Amaliy seminar 2-kun: Ilmiy maqolaning tuzilishi va xalqaro standartlar muhokama qilindi
Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti (MBFITI) tomonidan tashkil etilgan “Scopus va Web of Science jurnallarida ilmiy maqola nashr etish” mavzusidagi 3 kunlik amaliy seminar o‘z ishini davom ettirmoqda.
Seminarning ikkinchi kunida ishtirokchilar ilmiy maqolaning xalqaro talablarga mos tuzilishi, maqolaning asosiy bo‘limlarini to‘g‘ri shakllantirish, ilmiy yangilikni aniq ifodalash hamda nufuzli jurnallar talablariga mos maqola tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar.
Trening davomida:
ilmiy maqolaning kirish, metodologiya, natijalar va muhokama qismlarini yozish;
maqolaning ilmiy qiymatini oshirish usullari;
xalqaro ekspertlar e’tiborini tortadigan maqola tayyorlash tamoyillari;
amaliy misollar va real maqolalar tahlili yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Seminar interaktiv tarzda o’tkazilib, ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob oldilar hamda ilmiy faoliyatda qo’llash mumkin bo’lgan muhim tavsiyalarni egalladilar.