TUBERKULYOZNI ERTA TASHXISLASH UCHUN MAHALLIY TUBERKULIN ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH
Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-dekabrdagi “Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4899-sonli qarorini ijrosiga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-fevraldagi “Ixtisoslashtirilgan ftiziatriya-pulmonologiya yordami ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4191-sonli qaroriga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “2023–2026-yillarda ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-12-sonli qarorida sil kasalligiga qarshi kompleks tashxisot-profilaktika tadbirlarini amalga oshirish nazarda tutilgan.
Mahalliy tuberkulin ishlab chiqarilmasligi sababli sil kasalligini erta aniqlash uchun tuberkulin tashxisoti yordamida teri-allergik sinama (Mantu sinamasi) o‘tkazilmasligi sil kasalligi bilan bog‘liq vaziyatni yanada yomonlashtirmoqda. Tadqiqot ishi yuqori darajada tozalangan tuberkulinoprotein saqlagan, ballast moddalardan xoli, sensibilizatsiya xususiyatiga ega bo‘lmagan, yuqori maxsuslikka ega, minimal dozalarda yuborilganda ham soxta allergik reaksiya chaqirmaydigan tuberkulin ishlab chiqarishga qaratilgan.