O‘ZBEKISTONDAGI BRCA-MUSBAT TUXUMDON SARATONI BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA PARPI QO‘SHLIGIGA YO‘NALTIRILGAN G4-DNK APTAMERLARI ASOSIDA RAKKA QARSHI VAKSINA YARATISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH

O‘ZBEKISTONDAGI BRCA-MUSBAT TUXUMDON SARATONI BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA PARPI QO‘SHLIGIGA YO‘NALTIRILGAN G4-DNK APTAMERLARI ASOSIDA RAKKA QARSHI VAKSINA YARATISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi bemorlarida tuxumdon saratoni kabi xavfli o‘smalarni davolash samaradorligini oshirish zarurati bilan belgilanadi. Rivojlangan mamlakatlar va Rossiyada zamonaviy davolash usullarining joriy etilganiga qaramay, tuxumdon saratoni onkoginekologik kasalliklar tufayli yuzaga keladigan o‘lim ko‘rsatkichlari tarkibida yuqori o‘rinlardan birini egallaydi. O‘zbekiston Respublikasida esa ushbu ko‘rsatkich ko‘krak bezi saratonidan keyin beshinchi o‘rinda qayd etilgan.
Onkologik kasalliklarning kechki bosqichlarini jarrohlik, kimyoterapiya, nur va gormonal terapiya usullari bilan davolash imkoniyatlarining cheklanganligi bunday bemorlarning hayotini saqlab qolishga qaratilgan yangi davolash usullarini izlash va ishlab chiqishni dolzarb vazifaga aylantirmoqda.
Tuxumdon saratonini davolashda molekulyar terapiya usullarini, jumladan, bevosita o‘smaga qarshi DNK-vaksinatsiyasini rivojlantirish katta istiqbolga ega. Bunda asosiy yo‘nalish shaxsiy o‘smaga yo‘naltirilgan ta’sirga ega DNK-aptamerlarni konstruksiya qilishdan iborat. DNK-aptamerlar uchun nishon sifatida onkogenlar, oqsillar hamda DNK reparatsiyasida ishtirok etuvchi topoizomeraza I/II va PARP1/2 fermentlari, xususan, BRCA genining mutatsiyasini tashuvchi tuxumdon saratoni o‘smalari xizmat qilishi mumkin.
Loyihaning keyingi vazifalari ushbu yondashuvlarning samaradorligini oshirish, ularni onkologik bemorlar uchun yanada qulay va mavjud qilish hamda kundalik tibbiy amaliyotga joriy etishdan iborat.

HolatFaol
DoiraMilliy
Bosh ilmiy rahbarIbragimov Adil Axmedovich
MoliyalashtirishInnovatsiyon rivojlanish agentlgi
Davr2026–2029